Logo
Barcha albomlar
Kunlar

Yangi formatdagi ilk ekskursiya: 🍂Botanika bog‘i🍂

Bolalarimiz Botanika bog‘ida bo‘lishdi va bu shunchaki sayr emas, haqiqiy kichik tadqiqot bo‘ldi! 🍁 Ekskursiyadan bir kun oldin bolalar qayerga borishlarini bilib olishdi, yangi so‘zlar o‘rganishdi va o‘z savollarini tayyorlashdi. Bog‘da har bir bola ish varag‘i bilan topshiriqlarni bajardi: o‘simliklarni kuzatdi, solishtirdi, farqlarini topdi va savollariga javob izladi. Qaytgach, bolalar ko‘rgan va o‘rganganlari haqida gaplashishdi, so‘ng taassurotlarini o‘z qo‘llari bilan ijodiy ishga aylantirishdi. Bu ishlarni ular uyga olib ketib, oilasiga o‘zi aytib berdi. ThompsonLand’da har bir ekskursiya bolaga yangi bilim va unutilmas taassurot beradi! 💚

19-oktabr, 20266 ta rasm

Rasmni butun ekranda koʻrish uchun bosing. Strelkalar yoki barmoq bilan surib varaqlang.

Позвонить